Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GERMANIYALIK MUTAXASSISLAR ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTIDA

14:31 07.09.2022

Germaniyaning Rostock universiteti hamda GIZ tashkiloti  bilan mana bir necha yildirki hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab kelmoqdamiz. Bu borada mutaxassislar almashinuvi institutimizda har bir yoʻnalishining izchil rivojlanishida yaxshi samara bermoqda.

Rostock universiteti rektori Wolfgang Schareck, Tibbiyot maktabi dekani Emil Reisinger, Urologiya kafedrasi boshlig’i, professor Oliver Hakenberg va boshqa rasmiylar hozirda Andijon davlat tibbiyot institutida bo’lib turishibdi.

Tashrifning birinchi kunida delegatsiya a’zolariga instutimiz faoliyati atroflicha tanishtirildi. Ular tibbiyotning turli yo’nalishlarida izlanishlar olib borayotgan talabalar bilan ham suhbatlashdilar. Shundan so’ng institutimiz rektori M.Madazimov hamda prorektorlar bilan bo’lgan do’stona suhbat samarali va dolzarb muhokamalarga ulanib ketdi. Ikki tomon o’rtasida tuzilgan kelishuvlarga asosan “Tibbiyot biotexnologiyasi” sohasida magistratura, talabalar mobilligi va akademik almashinuv borasidagi dasturlar ijrosi to’g’risida kelishib olindi. Bu institutimiz talabalari hamda mutaxassislari uchun juda ham quvonarli yangilik bo’ldi.

Kunning ikkinchi yarmida Rostock universiteti Farmatsiya fakulteti dekani, professor Bukhard Hintz tomonidan “Tibbiyot Biotexnologiyasi” dasturi haqida taqdimot o’tkazildi. Zoom platformasi orqali tashkil etilgan uchrashuvda  Andijon davlat tibbiyot institutining mazkur  dastur bo’yicha ish olib boruvchi professor-o’qituvchilari ishtirok etdi.

Shuningdek, tomonlar tibbiyot biotexnologiyasi bo’yicha magistratura dasturini yo’lga qo’yish borasida atroflicha fikrlar almashdilar. Kunning  so’nggida esa delegatsiya a’zolari Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining qurilish jarayonlarini ko’zdan kechirdilar va Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta qurilayotgan ushbu klinikaning kelajakdagi salohiyati to’g’risida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Eslatib o’tamiz, germaniyalik mutaxassislarning bir necha kunlik tashrifi davomida turli uchrashuvlar, seminar-treninglar, master-klasslar va bemorlarda murakkab jarrohlik amaliyotlari o’tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!