GERMANIYALIK MUTAXASSISLAR RESPUBLIKA IXTISOSLASHTIRILGAN ONKOLOGIYA VA TIBBIY RADIOLOGIYA ILMIY – AMALIY TIBBIYOT MARKAZI ANDIJON FILIALIDA ILMIY MULOQOT, BEMORLAR KO‘RUVI VA MAHORAT DARSLARIDA BO‘LDILAR

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Germaniyalik mutaxassislar professor B.Krauze va professor  R.Orter 2019- yil 22- may kuni  Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon filialida bo‘ldilar. Filialda mehmonlarni  bir guruh mutaxassislar yuksak ehtirom bilan kutib oldilar.

Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasida  kafedra mudiri D.Mamarasulova, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov hamda filial va kafedra  xodimlari bilan  birgalikda ilmiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida  ular sohaga oid  savollar, yechimini kutayotgan muammolar, bugungi kunda onkologik xizmatni yuqori darajaga ko‘tarish,  erta tashxis va davolashning samarali usullarini  qo‘llash borasida  o‘zaro tajriba almashish, hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib oldilar.

Tashrif chog‘ida  professor B.Krauze institut magistrlari, klinik ordinatorlari va filial mutaxassislariga taqdimot ma’ruza o‘qib berdi.

Professorlar  filial bo‘limlarida bo‘lib, bemorlar ko‘ruvida qatnashdilar. Davolovchi shifokorlarga va bemorlarga  zarur tavsiya va maslahatlar berdilar.

Shu kuni  ADTI klinikasi majlislar zalida  soha mutaxassislari, klinik ordinatorlar va  magistrlar uchun  Germaniyaning  Rostok universiteti bilan onlayn  konferensiya  tashkil etilib, munozaralarga boy ma’ruzalar  tinglandi.

158