Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GERMANIYALIK MUTAXASSISLARNING SEMINAR VA AMALIY MASHGʻULOTLARI START OLDI

16:00 07.09.2022

Taʼkidlab oʻtganimizdek, hozirda germaniyalik mutaxassislar Andijon davlat tibbiyot instituti mutaxassislari bilan hamkorlikda tajriba almashinuvlarini olib bormoqdalar. Bugun Rostock universiteti Urologiya klinikasining direktori, professor Oliver Xakkenberg tomonidan “Qovuq oʻsmasini zamonaviy diagnostikasi va davolash” mavzusida maʼruzalar olib borildi.  Unda Andijonda faoliyat olib boruvchi urologlar bilan bir qatorda Namangan va Fargʻona viloyatlarining yetakchi urologlari ham ishtirok etishdi.

 

Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti Onkologiya kafedrasining assistenti Oybek Jalolov ham “Andijon viloyatida uroonkologik kasalliklarning zamonaviy xirurgik davolashni samaradorligi” mavzusida maʼruza qildi.

Har ikki maʼruzadan soʻng mutaxassislar soha boʻyicha xorijda va oʻzbek tibbiyotida kasallik tashxisi, davolash yoʻllari borasida fikr almashdilar.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!