Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GERMANIYALIK OLIVER XAKENBERG ISHTIROKIDA YUQORI TEXNOLOGIK TASHRIXLAR OʻTKAZILDI

12:51 09.09.2022

Avval taʼkidlab oʻtganimizdek, Rostok universitetining bir qator mutaxassislari tomonidan seminar-treninglar, amaliy mashgʻulotlar va turli tashrixlar amalga oshirilmoqda. Andijon davlat tibbiyot institutining Onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasida universitet professori, urologiya boʻlimi boshligʻi Oliver Xakenberg ishtirokida master-klass va yuqori texnologik tashrixlar oʻtkazildi. Bir bemorda oʻng tomonlama adrenal ektomiya jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli olib borildi. Mazkur jarayon mutaxassislar uchun onkourologiya sohasida oʻziga xos tajriba maktabi boʻldi. Tashrixdan soʻng professor O. Xakenberg institutimiz shifokorlari bilan hamkorlikda ishlash, zamonaviy diagnostik tadqiqotlar oʻtkazish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Shuningdek, professor ishtirokida institutimizning Endourologiya kafedrasining mutaxassislari bilan birga 3 nafar bemorda: oʻng tomonlama laporoskopik nefrektomiya oʻng buyrak oʻsmasi, siydik tosh kasalligi bilan perkutan nefrolitotripsiya chapda tashrixiga, qovuq oʻsmasi bilan qovuq oʻsmasini turi boʻyicha  tashrixlar oʻtkazildi.

Germaniyalik mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan bunday amaliy dasturlar bizning shifokorlar va professor-oʻqituvchilarimiz uchun ayni muddao boʻlmoqda. Boisi talabalarga zamonaviy tibbiy taʼlimni berishda jahon tajribasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!