alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Giyohvandlik – insoniylik kushandasi

15:58 18.06.2019

2019- yil 18- iyun kuni Andijon davlat tibbiyot institutida «Giyohvandlikka qarshi kurash –dolzarb masala” mavzusida  davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirni institut yoshlar masalalari bilan ishlash  bo‘yicha prorektor P.Asxanov ochib, mutaxassislarni tanishtirib o‘tdi.

Davra suhbatida viloyat hokimligi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish mintaqaviy komissiyasining mas’ul kotibi Jamoldin Mansurov so‘zga chiqib, giyohvand moddalarni yetishtirish, iste’mol qilish, ularning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanish bilan bog‘liq holatlar  bo‘yicha ma’lumot berdi. Tadbir davomida mavzuga oid videofilm namoyish qilindi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimi Qahramon Abdurahimov, viloyat psixonevrologiya dispanseri narkologiya bo‘limi sud-narkologiya ekspertiza raisi Shuhrat To‘raqulovlar giyohvandlik jinoyati, unga  qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar, tibbiyotda qo‘llaniladigan psixotrop moddalar, dori vositalaridan foydalanish tartib-qoidalari, giyohvand moddalarni iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan noxush va ayanchli holatlar to‘g‘risida ma’ruzalar qildilar.

Davra suhbati bahs–munozaralarga boy bo‘ldi. Tadbirda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar, magistratura talabalari  ko‘plab kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!