
Bugun, 7-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida tarbiyaviy ishlarga mas’ul bo‘lgan xodimlarning giyohvandlik va narkojinoyatlar profilaktikasi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasdidan seminar-trening o‘tkazildi.
Unda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xomatova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Abduxalimov, institutning profilaktika katta inspektori J.Xo‘jayev, Xotin-qizlar psixologi U.Zokirova, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirok etdi.
Mazkur seminarda kun tartibidagi mavzular, jumladan, sohani takomillashtirishda ko‘rilayotgan choralar, giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan ma’ruzalar o‘qib eshittirildi.