O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi bo‘yicha 2019-yil 18-may kuni “Metabolik sindrom ” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokida Andijon shahri Bog’ishamol mehmonxonasi kengashlar zalida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjumanni gospital terapiya kafedrasi mudiri Sh.Yusupova kirish so‘zi bilan ochib, respublikada endokrinologiya muammolari haqida to’xtalib, kasalliklarni davolash bilan bog‘liq tomonlarni, ularni zamonaviy davolash usullari samarasini oshirish yo‘nalishida qilinayotgan ilmiy ishlar va erishilgan amaliy natijalarga to‘xtalib o‘tdi.
So‘ngra anjuman o‘z ishini boshladi. Anjumanda Belorussiya tibbiyot instituti tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent L.Voronina endokrinologiyaning dolzarb muammolaridan bo’lgan “Metabolik sindrom” mavzusida ma’ruza qildi. U o‘z ma’ruzasida mazkur kasallikka chuqur to’xtalib, uni tahlil qilib berdi.
Ma’ruzalar yuzasidan savollar berildi. Savollarga ma’ruzachi muammoni yoritib beruvchi misollar bilan javob berdi.