
- Kafedra mudiri: SHAXNOZA KADIRJANOVNA YUSUPOVA
- Ish vaqti: 8.00 – 17.00
- Aloqa: +99893 449 40 50
- Email: dr-shahnoza@mail.ru

Andijon davlat tibbiyot institutining gospital terapiya kafedrasi dastlabki tashkil topgan klinik kafedralaridan biridir. Andijon viloyat klinik shifoxonasi bo`limlarida tashkil topib, o`z faoliyatini boshlagan. Jumladan, ichki kasalliklar kafedrasi 1958- 1959 o`quv yilida terapiya bo`limida tashkil topib, kafedra mudiri vazifasida Moskvadan kelgan t.f.d., professor T.M. Efendiev ishlagan. 1959- 1964 yillari dotsent SH.R. Rasulov kafedra mudiri etib saylangan. Kafedra dotsentlari t.f.n. M.A. Laufer, G.M. Kleyner, t.f.n., dotsent M. Ziyamxo`jayeva, assistentlar A.G. Sarkisyants, N.V. Soliboyev, F.P. Po`latov va boshqalar faoliyat ko`rsatganlar.
1965-1970-yillarda kafedra mudiri vazifasida professor I.F.Fatxullayev ishlagan bo`lsa, 1970-1972-yillarda Moskvada doktoranturani bitirib kelgan akademik I.A. Kassirskiyning shogirdi professor Ulugbek Akbarovich Asqarov saylandi. 1972-1973-yillarda gospital terapiya kafedrasi mudirligi vazifasida dotsent E.N. Konstantinov ishladi. 1974-yilda kafedra mudiri vazifasiga professor Omerev Midat Mamatovich saylandi.
1982-yil sentabr oyidan boshlab gospital terapiya kafedrasi ikkiga bo`linib, 1-gospital terapiya va II-gospital terapiya kafedralari nomini oldi.Professor M.M.Omerov va professor S.Yu.Tursunov kafedra mudiri etib saylandilar. 1983-yilga kelib ikki kafedradan yana 3-sonli kafedra ajralib chiqib, unga dotsent Mamatbotir Otaxonovich Otaxonov mudir etib saylandi. 1988 yilda yuqoridagi kafedralar negizida, I-II subordinatura kafedrlari va davolash fakultetining gospital terapiya va endokrinologiya kafedrasi tashkil qilindi. Kafedra mudirligiga professor Q.K. Soliyev saylandi. 1997-1998 o`quv yilida kafedraga davolash fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi maqomi berildi va kafedra mudiri etib professor Mamazoir Axmedovich Xo`jamberdiev saylandi.



Soliyev Qadirjon Karimovich
Professor

Axmedov Baxtiyor Xabibullayevich
Dotsent

Abdurazzaqova Dilbar Sadiqovna
Dotsent

Mirzaaxmedova Iroda Zokirjanovna
Katta o’qituvchi

Axmedova Hayotbonu Yusufovna
Assistent

Muhamedova Vazira Muqimovna
Assistent

Delkasheva Shahlo Djamolitdinovna
Assistent

Hamidova Maxbuba Ismailjanovna
Assistent

Badalov Saidikrom Jalolxon o’g’li
Assistent

Nishanova Malika Sanjarovna
Assistent

Inomova Gulmira Qaxramonjanovna
Assistent

Aysacheva Maftuna Oybek Qizi
Assistent

Karimqulova Gulshanoy Akmaljon qizi
Assistent

Jahbarova Hayotxon Jo’rabekovna
Assistent

Abdulazizhojiyeva Ruxona Boxodirjon qizi
Assistent

Xalilova Sevara Ravshanbek qizi
Assistent

Chartaqov Akram Qaxramanovich
Assistent

O’rinbayeva Iroda Ravshanbekovna
Assistent
Kafedra bazalari
- Ichki kasalliklar
- Harbiy dala terapiyasi
- Gematologiya
- Kasb kasalliklari
- Terapiyada hamshiralik ishi