Andijon davlat tibbiyot instituti Gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasida talaba qizlar bahsi o‘tkazildi.
Mamlakatimiz Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusining 1-, 4-, 5-yo‘nalishlari bo‘yicha pediatriya fakultetining 3-kurs talabalari o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi.
Fayzli o‘tggan tadbir davomida qizlar adabiyot, san’at, kitobxonlik, kasb-xunar bobida yaxshigina iste’dodga ega ekanliklari ayon bo‘ldi.
Ularning mahorati Gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi mudiri M.Sh.Ganiyeva, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kafedra mas’uli X.K.Xonkeldiyeva va kafedra xodimlari kuzatib bordilar.
Qizlar qizg‘in bahslarda bir-biridan iste’dodli, pazanda ekanliklarini ko‘rsatishdi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar kafedra tomonidan munosib takdirlandilar.
Sh.X.Xodjamberdiyeva
ADTI Gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi
ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha mas’uli