alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

GRETSIYA SAFARI DOIRASIDA HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLANDI

20:40 08.11.2023

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov boshchiligida institut delegatsiyasi Gretsiya davlatida bo‘lib turibdi.

Bugun, 8-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti va Gretsiyaning G‘arbiy Makedoniya universiteti o‘rtasida ta’lim va fan sohasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ushbu tadbir doirasida universitet rektori Theodoros Theodoulidis va institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori K.Salohiddinov tomonidan tibbiyot sohasida qo‘shma innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlarini Yevropa banki tomonidan moliyalashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, iqtidorli talabalarni ishlanmalar va startaplar bilan jalb qilish, har ikki oliy ta’lim muassasalarining laboratoriyalarida ishlanmalarni yanada takomillashtirish va davom ettirish masalalari muhokama qilindi. Doktorantlar almashinuvi va ularning har ikkala oliy ta’lim muassasasidan ilmiy rahbar olishlari mumkinligi yuzasidan kelishuvga erishildi. Uchrashuv yuqori saviyada, do‘stona ruhda o‘tdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari turli kasalliklar – qandli diabet, Parkinson kasalligi va boshqalar bilan og‘rigan bemorning ahvolini kuzatish uchun virtual kompyuter dasturlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi bilan tanishdilar.Yaqin kunlarda G‘arbiy Makedoniya universiteti rahbariyatining Andijon davlat tibbiyot institutiga javob tashrifi rejalashtirilmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!