2018-yil 7-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov huzurida 2018-yil 3-dekabr kuni o‘tkazilgan hokimlik soati yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida “Harbiy vatanparvarlik kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov ochib, xaftaning xar juma kuni “Harbiy vatanparvarlik kuni” deb e’lon qilinganligi, ushbu kunda institut talabalari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirokida harbiy vatanparvarlik ruhidagi ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilishi to‘g‘risida fikrlar bildirdi. Shundan so‘ng, mustaqil O‘zbekistonning davlat madxiyasi sadolari ostida davlat bayrog‘i ko‘tarildi hamda institut talabalari ishtirokida institutning harbiy kafedrasi o’qutuvchisi M.O’lmasov rahbarligi ostida harbiycha yurish mashqlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda institutning 1-2-3-bosqich talabalari xamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Tadbir ko‘tarinki ruhda nishonlandi.