alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HAMKOR INSTITUTLAR BILAN O’TKAZILADIGAN ONLAYN MA’RUZALAR HAFTALIGI BOSHLANDI

19:00 11.02.2021

Tajriba almashinuv jarayonlari barcha sohalarning rivojlanishiga katta xissa qoʼshadi. Аyniqsa, tibbiyot sohasida. 2021-yil 10-18-fevral kunlari Аndijon Davlat tibbiyot instituti «1-son umumiy amaliyot shifokorlari tayyorlash» kafedrasi hamda Ukrainadagi Xarьkov Milliy tibbiyot universiteti «Klinik farmakologiya va ichki tibbiyot kafedralari hamkorligida «Talaba – talabaga» yoʼnalishida oʼquv-pedagogik maʼruzalar kursi oʼtkazilishi boshlandi.
Tadbir davomida 10-11-fevral kunlari Xarьkov Milliy tibbiyot universitetining talabalari Аndijon Davlat tibbiyot institutining talabalari uchun «Elektrokardiografiya asoslari», «Kon ivish tizimining fiziologiyasi», «EKG diagnostika hamda «Qoʼshma antiagregant terapiya» mavzularida maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Shuningdek, 7-18 fevral kunlari onlayn maʼruzalar davom etishi rejalashtirilgan boʼlib, bunda Аndijon Davlat tibbiyot instituti talabalari Xarьkov Milliy tibbiyot universitetining talabalari uchun tayyorlagan maʼruzalari bilan ishtirok etadilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!