Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HAR BIR BOLA EʼZOZU ARDOQQA LOYIQ!

19:35 10.08.2021

HAR BIR BOLA EʼZOZU ARDOQQA LOYIQ!

Bugungi kunda har bir sohaga eʼtibor qaratilib, Yangi Oʻzbekistonda Uchinchi Renessansni barpo etish maqsadida qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday xayrli ishlar bolalar uylari tarbiyalanuvchilari bilan ham amalga oshirilayotgani fikrimiz dalilidir.

Respublikamizdagi 16 ta “Mehribonlik uyi” va 4 ta “Bolalar shaharchalari” dagi ota-ona mehridan mahrum va nogironligi bor boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash, ularni ham jamiyatning rivoji uchun kurashadigan faol aʼzolar etib tarbiyalash, eng dolzarb masala ekanligini nazarda tutadigan boʻlsak, zimmamizdagi masala nihoyatda jiddiy ekanligini anglab yetishimiz mumkin.

Doimiy hamkorimiz Andijon shahridagi “Bolalar shaharchasi”ning bolalari bugun Andijon davlat tibbiyot institutida boʻlishdi. “Har bir bola-eʼzozu ardoqqa loyiq!” shiori ostida oʻtkazilgan bugungi tadbir hayajonlarga juda boy boʻldi. Dastavval bolalar uyi tarbiyalanuvchilari institut hayotiga oid boʻlgan devoriy koʻrgazmalar bilan tanishdilar. Yosh volontyor, Davolash fakultetining 4-bosqich talabasi Javohir Habibullayev tomonidan ingliz tilidan mahorat darsi tashkil etildi. Yoshlarning ingliz tiliga boʻlgan qiziqishining balandligi interfaol savol-javoblardan maʼlum boʻldi. Shundan soʻng yosh akademik Ilyos Ziyoyev institut simulyatsion markazi haqida taqdimot qilib, markaz faoliyati bilan bolalarni tanishtirib oʻtdi va birinchi tez-tibbiy yordamni mulyajlar yordamida amaliyotda koʻrsatib berdi. Institut xotin-qizlar kengashi raisi Gulhayo Xolmatova qizlar gigiyenasi, bolani yoʻrgaklash, koʻtarish jarayonlari yuzasidan qizlar bilan maroqli suhbat tashkil etdi. Bolajonlar ATMda ham kompyuter savodxonligidan bahramand boʻldilar. Mashgʻulotni soha prorektori Javohir Jahongirov hamda “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohibi Islombek Bektashevlar olib bordilar.

Keyingi manzil institut Axborot resurs markazi boʻldi. Kutubxonachi opalar bolalarni oʻzgacha mehr bilan kutib oldilar. Bolalar bilan birgalashib, kitob, sheʼr oʻqidilar. Inson hayotidagi kitobning ahamiyati haqida atroflicha maʼlumot berishib, bolalalarni kitobxonlikka chaqirishdi. Bolalar oʻzlari uchun qiziqarli boʻlgan kitoblar jamlanmasi bilan tanishdilar. Oʻsha joyning oʻzida bolalarga kishi qalbiga ezgulik ulashuvchi kitoblardan ulashildi. Axborot resurs markazi kutubxonachilari tomonidan tayyorlangan sovgʻalar ham murg’ak koʻngillarga nur ulashdi. Shuningdek, bolalar institut Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori xonasida boʻlishib, ish jarayoni bilan tanishdilar. Kun davomida bolalar shaharchasi direktorining oʻrinbosari mayor Samandar Norboʻtayev ham bolalarga hamrohlik qildi. Taʼlim dargohimiz bilan tanishuv bolalar shaharchasi bolalarining qalbida katta taassurot qoldirdi. Bugun yuraklariga mehr istab, mehr kutgan tashna qalblarga ozgina boʻlsada, mehr ulasha olganimizdan qalbimiz shodlikka toʻldi. Tashkil etilgan tadbir bolalarni sohaga boʻlgan qiziqishini oshirgani ularning koʻzlaridan maʼlum edi. Oʻsha damlarda Yangi Oʻzbekiston kelajagi boʻlgan umidli yoshlarimiz, har bir bola eʼzozu ardoqqa loyiqligini his qildim. Zero, millat ertasini barpo etadigan farzandlarimiz taqdiriga befarq boʻlishga hech kimning haqqi yoʻqligini anglaydigan boʻlsak, hamisha ushbu masala diqqat markazimizdagi eng asosiy masalalardan biri boʻlishi lozim. Albatta, bu boradagi xayrli ishlarimizni qabi oʻksik, mehrga muhtoj boʻlgan bolalar qolmaguncha, biz davom ettiramiz. Qachonki, biz ziyolilar, bolalarga ular eʼzozu ardoqqa loyiqligini his qildirsakkina, bor mehrimizni yurak qatlariga singdirib bera olsakkina, oʻz oldimizga qoʻygan eng muhim va ulkan vazifamizni bajargan boʻlamiz.

Ushbu vazifaning ijrosini toʻlaqonli taʼminlash uchun esa, bizda barcha imkoniyatlar yetarli. Biz ziyolilarning ezgu maqsadimiz ezgulik ulashib, koʻngillarga mehr ulashish ekan, albatta, oʻz orzu maqsadlarimizni sharaf bilan bajaramiz. Bu yoʻlda asosiy mezonimiz fidoiylik boʻlmogʻi zarur deb oʻylaymiz.

M.BOTIROV

ADTI PROREKTORI

Skip to content Click to listen highlighted text!