alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

«TA’LIM MUASSASASIDA KORRUPSIYAGA YO’L QO’YILMAYDI»

18:51 22.10.2021

“HAR BIR TALABA NAZORATDA BOʻLISHI KERAK”,- NAVBATDA YIGʻILISHNING BOSH MAVZUSI BOʻLDI

Ilmiy kengashlar zalida rahbar va xodimlar yigʻilishi oʻtkazildi. Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, dekanlar va ularning oʻrinbosarlari, tyutorlar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi rahbari ishtirok etdi.

Yigʻilish avvalida institut rektori joriy yil 24-oktabrda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, saylovoldi jarayonlar, unda xodimlar va talabalar faol ishtirok etishlarini taʼkidlab oʻtdi.

Chet davlatlarda yana avj olayotgan karonavirus pandemiyasi kun tartibidagi ikkinchi masala boʻldi. Institut rektori bu borada hushyorlikni oshirib, jamoat joylarida, ayniqsa, institut binosida tibbiy niqob taqib yurish zarurligi, gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish kerakligiga alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, 2021-yil 15-oktabrda Oliy taʼlim vazirining “Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiya va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi videoselektori toʻgʻrisida soʻz bordi. Institut rahbari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi rahbari tomonidan talabalarning darsdan boʻsh vaqtlarini nazorat qilib borish, dars qoldirayotgan talabalar bilan koʻproq suhbat olib borish, muassasada korrupsiya holatlariga yoʻl qoʻymaslik, mazkur holatda oluvchi, beruvchi, vositachi boʻlgan shaxslar qonun oldida birdek javob berishlari haqida alohida taʼkidlab oʻtildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!