Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov xorijiy fakultet talabalari bilan uchrashuv olib bordi. Unda prorektorlar, fakultet dekani, oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Suhbat davomida institut rektori ichki tartib qoidalarga amal qilish, darslarda faol ishtirok etish, Talabalar turar joyida ularga keng imkoniyatlar yaratish kabi mavzularga alohida toʻxtalib oʻtdi.
– Siz bilan uchrashishimdan maqsad har biringizning fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashib, sizlarga sharoit yaratish, har bir masalalarda sizlarni qoʻllab-quvvatlashdir. Tibbiyot sohasida yanada koʻproq izlanishingiz, turli tanlovlarda ham faol ishtirok etishingiz meni ruhlantiradi,-dedi institut rektori.
Suhbat chogʻida talabalar oʻzlarini qiynayotgan muammolar, takliflarini ham bildirdilar. Rektor mazkur masalalarga eʼtibor qaratib, mutassaddilarga kerakli topshiriqlarni berdi.