Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

– HAR SONIYANGIZ BEHUDA O‘TMASIN, ANA SHUNDA MUVAFFAQIYATLAR YOR BO‘LADI, – DEYA TA’KIDLAB O‘TDI INSTITUT REKTORI

17:24 14.06.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida “Yoshlar oyligi” doirasida rektor va prorektorlar uchrashuvi o‘tkazildi. Muloqot Davolash fakultetining 3-4-bosqich talabalari o‘rtasida olib borildi.

Unda institut rektori M.Madazimov, prorektorlar, fakultet dekani ishtirok etdi.

Suhbat davomida talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, turli salbiy illatlarga aralashib qolmaslik, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni sodir etmaslik kabi mavzularda so‘z bordi. Har bir darslarda faol ishtirok etish, kafedralarda tashkil etilgan to‘garaklarga a’zo bo‘lish, turli tanlov va konferensiyalarda qatnashish, olimpiadalarda g‘olib bo‘lish haqida takliflar bildirildi.

 

Bu kabi uchrashuvlar barcha fakultet talabalari o‘rtasida davom etadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!