HARBIY QISMDA PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HARBIY QISMDA PSIXOLOGIK TRENING O‘TKAZILDI

15:04 21.08.2024

Bugun, 21-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutining “2023-2024-yilda Andijon viloyatidagi harbiy qismlar bilan hamkorlik rejasi”ga muvofiq Milliy gvardiya tasarrufidagi Andijon shahrida joylashgan harbiy qismda institut psixologi O‘.Arziqulov hamda Psixiatriya va narkologiya kafedrasi o‘qituvchisi N.Jo‘rayev tomonidan psixologik trening mashg‘uloti tashkillashtirildi. Harbiylardagi ruhiy toliqishni kamaytirish va uni muvaffaqiyatli bartaraf etish maqsadida psixologlar tomonidan kerakli maslahatlar berildi.

Ma’lumot uchun, harbiy xizmat davrida bir muhitdan boshqasiga moslashish (adaptatsiya), jangovar vazifalarni bajarishga taʼsir etuvchi ekzo va endo (ichki va tashqi) omillar bevosita shaxsning ruhiy olamiga o‘z bosimini o‘tkazishi, natijada harbiy xizmatchining funksional holati o‘zgarishi, bu esa o‘z navbatida xizmatga bo‘lgan munosabatni, kasbiy majburiyatni, ishchanlik qobiliyatini, intellektual salohiyatni, rivojlantirishda psixologlarning maslahati juda zarur hisoblanadi.

Skip to content Click to listen highlighted text!