2020-yil 13-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti umumiy gigiena kafedrasi katta o‘qituvchisi Maxpora Mamadalievna Mirzayeva maxsus dastur asosida harbiy qismda “Sog‘lom turmush tarzi – sog‘lom kelajak garovi” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazdi.
Harbiy qism askar va zobitlari, shaxsan batalon komandiri O.Sodiqov sog‘lom turmush tarzini shaklantirish va sog‘lom ovqatlanish tartibi yuzasidan qiziqarli ma’lumotlar berilgani uchun M.Mirzaevaga va Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.
ADTI axborot xizmati