2018-yil 17-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Harbiy vatanparvarlik tadbiri” bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov ochib, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, yangiliklar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar xususida gapirdi.
Shundan so‘ng, institut hovlisi uzra O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.
Tadbirda institut Harbiy kafedrasi o‘qituvchilari hamda yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari va talabalar ishtirok etdilar.