2018-yil 24-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Harbiy vatanparvarlik tadbiri” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.Asxanov ochib, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar, yangiliklar, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar xususida gapirdi.
Shundan so‘ng, institut hovlisi uzra O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrab, Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.