alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“HAVASKOR GITARA ISHQIBOZLARI” TANLOVI G‘OLIBI ANIQLANDI

18:28 25.05.2023

Joriy yilning 25-may kuni Andijon davlat tibbiyot institutida tahsil olayotgan talaba-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni har tomonlama mukammal va mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyasiga ega boʻlgan kelajak liderlari sifatida tarbiyalash, gitara chalish san’ati sohasida professional o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, talaba-yoshlar o‘rtasida sahna madaniyati shakllantirish va ularni xalqaro tanlovlarga tayyorlash maqsadida “Havaskor gitara ishqibozlari” tanlovining final, institut bosqichi o’tkaziladi.

Tanlovning fakultet bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4 nafar talabalar ishtirok etdilar. Ularning   asarlar uslubi va obrazli-badiiy mazmunini ochib berishi, ijrochining texnik mahorati, tovush madaniyati, gitaraning ifodali vositalaridan foydalanish qobiliyati, sahna madaniyati bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi.

Ushbu tanlovga hakamlar hay’ati a’zolari sifatida Andijon shahar 1-son bolalar musiqa san’at maktabi o‘qituvchilari Sveta Vaxidova, Mariya Safarova hamda Boburjon Axmadbekovlar taklif qilindi. Ular tomonidan ishtirokchilarning ijrolari tanlov nizomi asosida baholab borildi.

Yakunda Farmatsiya fakulteti talabasi Ibrohimjon Mahmudov tanlov g‘olibi bo‘ldi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!