Assalomu alaykum, Andijon davlat tibbiyot institutining jonkuyar jamoasi hamda qalbi qaynoq talaba-yoshlar!
Mana eng goʻzal Ramazon oyida sabr va bardoshimizni sinovdan oʻtkazib, qutlugʻ ayyom Ramazon hayitini ham birgalikda kutib olmoqdamiz. Oʻtganlarni yodga olish, qariyalarga koʻmaklashish va ijtimoiy himoyaga muxtojlarni qoʻllab-quvvatlashda institutimizda doimiy ravishda koʻngilli tashabbuslar amalga oshirib kelinmoqda. Bu hayr-sahovat, ayniqsa mazkur bayram arafasida koʻp bor oʻtkazilayotganligi dillarga savob huzurini bagʻishlamoqda. Chin insoniy fazilatlaringizni qadrlagan holda, Sizlarga bayram muborak boʻlsin deyman!
Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga xotirjamlik, dasturxoningizga qut-baraka tilayman. Yoshlarimizning ilm yoʻlidagi saʼy harakatlari doimo bardavom boʻlsin, yuqori zafarlarga erishish nasib etsin!
Madamin Madazimov,
Andijon davlat tibbiyot instituti rektori