Mutaxassislarning fikricha¸ tushkunlik va depressiya bugungi kunda insoniyatning ruhiy salomatligiga rahna solayotgan asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining e’lon qilgan raqamlarga ko‘ra, ayni kunlarda jahon aholisining 350 mln.dan ko‘prog‘i depressiya bilan aziyat chekmoqda. Bu xastalik kun sayin yosharib borayotgani achinarli holdir.
Jahon ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan institut psixologi tomonidan “Hayot go‘zal, chunki unda biz bormiz” mavzusida talabalar o‘rtasida motivatsion treninglar o‘tkazildi. Interaktiv o‘yinlar talaba- yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Bu esa ularning faol turmush tarzida bo‘lishlariga ko‘makchi vazifasini o‘taydi.