alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“XAYR MAKTABIM, SALOM OLIY TA’LIM!” SHIORI OSTIDAGI TADBIRLARDA ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI JAMOASI FAOL ISHTIROK ETDI

11:40 25.05.2021

alt image

Inson hayotining hayajonga boy, unutilmas kunlari juda ko‘p. Yilning  25-may sanasi barchaga birdek   maktab davrlarining eng yorqin kunlarini  eslatadi. Bugun ham viloyatimiz maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari jonajon maktab bilan xayrlashdilar. Ana shunday tadbir shahrimizdagi 2-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining rektori M. Madazimov ham ishtirok etdi.

Tadbirni ochib bergan maktab direktori N. Rudova hamda institut rektori M. Madazimov yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ayniqsa, bitiruvchi sinf o‘quvchilarining porloq kelajaklari uchun amalga oshirilayotgan samarali ishlar, ularga ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, imtiyoz asosida oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettirishlari, buning uchun esa ulardan yangi g‘oyalar va tashabbuslar kutilayotganini alohida ta’kidlab o‘tdilar.

Bitiruv oqshomi katta tantana bilan nishonlandi. She’rlar, kuy-qo‘shiqlar barchada unutilmas taassurot uyg‘otdi. Institut rahbariyati tomonidan maktabning faol o‘quvchilariga 30 dan ziyod badiiy  asarlar to‘plamlari, kitoblar taqdim etildi.

Shuningdek, Izboskan tumanidagi 50-umumta’lim maktabida ham “Xayr, maktabim, Salom, oliy ta’lim!” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M. Botirov va bir qator tashkilot mutaxassislari ishtirok etdilar. M.Botirov Prezidentimizning bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan  tabrigini o‘qib eshittirdi.

Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari shuningdek,  Izboskan tumanidagi 33- va 47- umumta’lim maktablarida, Xo‘jaobod tumanidagi 26-, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 8-, Ulug‘nor tumanidagi 23-umumta’lim maktablariga biriktirilgan bo‘lib, barcha tadbirlarda institut jamoasi faol ishtirok etdilar.

Institut ma’muriyati tomonidan har bir maktab jamoasi uchun videoproektor, kompyuter jamlanmasi hamda o‘quv qurollari va badiiy adabiyotlar sovg‘a sifatida taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!