alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

INSTITUTDA HINDISTONLIK TALABALARNING MILLIY “DIVALI” BAYRAMI O’TKAZILDI

22:37 09.11.2023

Bugun, 9-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida hindistonlik talabalar tomonidan “Diwali & Freshers” festivali o‘tkazildi. Festivalni institut rektori M.Madazimov kirish so‘zi bilan ochib berdi va hindistonlik talabalarni samimiy qutlab, bugungi bayram nafaqat ularning milliy bayrami balki, talabalar orasida do‘stlik hamda hamjihatlik bayrami sifatida nishonlanayotganligini aytib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Andijon viloyat bo‘limi boshlig‘i A.Nurmatov hamda Andijon davlat pedagogika instituti rektori B.Rasulov so‘zga chiqib, festival ishtirokchilari hamda hindistonlik talabalarni bayram bilan tabrikladilar.

Festivalda xorijlik talabalar tomonidan milliy kuy va qo‘shiqlari jonli tarzda ijro etildi. Sho‘x raqslar esa barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Dastur davomida o‘zbekistonlik va pokistonlik talabalar tomonidan ham badiiy chiqishlar bayram sovg‘asi sifatida namoyish etildi.

Tantanali tadbir yakunida kecha osmonini porlatib mushaklar otildi.

Ma’lumot uchun, Divali — hindlarning milliy bayrami. Bu bayram “Chiroqlar festivali” sifatida ham tanilgan. U maʼnaviy “nurning zulmat ustidan, yaxshilikning yomonlik ustidan, bilimning jaholat ustidan gʻalaba qozonishi”ni ifodalaydi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!