Hozirda Andijon davlat tibbiyot instituti Davolash fakultetining 6-kurs talabalari o’z hududlaridagi oilaviy poliklinikalarda amaliyot olib borishmoqda. Ularning faoliyatlarini o’rganish maqsadida talabalar hamda Namangan viloyati Sog’liqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi hududiy oilaviy poliklinika mudirlari ishtirokida Zoom yig’ilishi o’tkazildi.
Yig’ilish O’quv ishlari bo’yicha prorektor B.Abdullajonov va Davolash fakulteti dekani B.Mamatov boshchiligida tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda talabalarni amaliyot o’tashi, ularga masofaviy darslarni tashkil etilishi, ularni ish bilan ta’minlanishi va boshqa shu kabi qator masalalar ko’rib chiqildi.