alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“Hududiy partiya kengashlari va deputatlik guruhlari faoliyati samaradorligini oshirish – davr talabi”  

17:21 12.12.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston “Adolat” SDP  Andijon viloyat Kengashi va xalq deputatlari Andijon viloyat kengashidagi Deputatlik guruhi tashabbusi bilan  “Hududiy partiya kengashlari va deputatlik guruhlari faoliyati samaradorligini oshirish – davr talabi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.

Davra suhbatida O‘zbekiston “Adolat” SDP  Andijon viloyat Kengashi raisi M.M.Madazimov “Adolat” SDP viloyat kengashining joriy yil o‘tgan o‘n bir oyidagi faoliyati yuzasidan xisobot berdi.

Kengash raisi o‘rinbosari M.Musayeva,  xalq deputatlari Andijon viloyat kengashidagi Deputatlik guruhi rahbari N.To‘ychiyevlar deputatlik guruhlari, mahaliy kengash deputatlari faoliyatini yanada jonlantirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar. Davra suhbati davomida patiyaning o‘n bir oylik faoliyati tanqidiy ruhda tahlil qilindi.


-Tadbirdan ko‘zlangan maqsad o‘z o‘zini tanqid qilish edi, – deydi O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat kengashi raisi o‘rinbosari M.Musaeva. – Yil yakuni oldidan  faoliyatimizni sarhisob qilish barobarida oldimizda turgan vazifalarni belgilab oldik. Kelgusi saylovlar yilida zimmamizdagi mas’uliyat yanada ortadi. Bu jarayonda  faol ish olib borish bilan siyosiy maydonda munosib o‘rin egallash mumkin.

Davra suhbati yakunida samarali faoliyat olib borayotgan partiya faolari Kengash tomonidan rag‘batlantirildi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat

 kengashi matbuot xizmati.    

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!