alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BORASIDA YANA BIR TADBIR OʻTKAZILDI

15:56 29.11.2021

HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BORASIDA YANA BIR TADBIR OʻTKAZILDI

Andijon davlat tibbiyot institutida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida davra suhbati oʻtkazildi. Unda Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha prorektor v.b. S.Salohiddinov hamda viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik M.Maʼmirov ishtirok etdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan yoshlar, ayniqsa, talabalar oʻrtasida kuzatilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, oʻtkir taʼsir qiluvchi psixotrop moddalar isteʼmoli va tijorati, korrupsiya va tovlamachilik, insonlarga turli tan jarohatlar yetkazishlar kabi dolzarb muammolar, internet tarmoqlaridagi turli oʻyinlarga qiziqib, qarzdorlikka kirib qolayotgani va bunday holatlarning ayanchli oqibatlari toʻgʻrisida dalillar bilan maʼlumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek Andijon shahar IIB hodimi Z.Xolmatova talaba–qizlar oʻrtasidagi huquqbuzarliklar, oiladagi kelishmovchiliklar tufayli salbiy illatlar taʼsiriga tushib qolayotgan ayol-qizlarimiz borasida ham toʻxtalib oʻtdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!