Hurmatli ma’naviy-ma’rfiy ishlar bo’yicha mas’ullar hamda guruh murabbiylari!

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Ta’til vaqtida talaba-yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishini ta’minlash maqsadida quyidagilarga e’tibor berisin:

– ta’til davomida talabalarni o’zlarining doyimiy yashash joylarida bo’lishlarini ta’minlash;

– ota-onalari bilan telefon orqali doimiy muloqotda bo’lish;

– har bir murabbiy telekanallar orqali efirga uzatilayotgan «Online» darslarni kuzatib o’ziga biriktrilgan o’quv guruhida tashkil etilgan telegram kanalida ularni muhokamasini uyushtirish hamda doyimiy ravishda talabalar bilan axborot almashinuvini ta’minlash;

– talabalarni institut sayti orqali sohaga oid berib borilayotgan yangiliklar bilan tanishtirib borish;

– jahon va o’zbek yozuvchilari asarlari hamda badiiy adabiyotlarni mutoola qilishga yo’naltirish;

– institut professor-o’qituvchilari tomonidan telegram orqali tashkil etilayotgan masofaviy darslarda faol ishtirokini ta’minlash;

– karantin munosabati bilan vujudga kelgan vaziyatdan vahimaga tushih holatlarini oldini olish va kerakli birinchi yordamni ko’rsatish hamda belgilab berilgan qoidalarga qat’iy rioya qilish.

168