alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

HURMATLI HAMKASBLAR!

14:59 13.11.2021

Biz shu kunlarda milliy tibbiyot tizimida misli koʻrilmagan oʻzgarishlarga guvoh boʻlmoqdamiz. Bu oʻzgarishlar yangilanayotgan Oʻzbekistonimizning jahon hamjamiyatidagi nufuziga ijobiy taʼsir etishi shubhasiz.

Sogʻliqni saqlash tizimida qilingan islohotlar qisqa davrda oʻz natijalarini berayotganiga guvohmiz.

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, sogʻliqni saqlash tizimi davlat va xalq oʻrtasida koʻprik boʻlib, aholi tizimdagi oʻzgarishlarga qarab davlatning faoliyatiga baho beradi. Shuning uchun ham bu sinovli kunlarda tibbiyot xodimlari qasamyodlariga sodiq qolgan holda, kuchli fuqarolik pozitsiyasini namoyon etib, millat sogʻligi yoʻlida halollik bilan mehnat qilishlari har qachongidan muhimdir.

Butun dunyo koronavirus bilan kurashayotgan ayni kunlarda mamlakatimizda kasallikka qarshi oldingi saflarda turgan tibbiyot xodimlarini moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashga jiddiy ahamiyat berilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yilda Andijon viloyatiga tashriflari chogʻida institut klinikasida bir qator professor-oʻqituvchilarimiz bilan samimiy muloqotida bildirgan fikrlari, institut klinikasini qaytadan jihozlab, rekonstruksiya qilish va 1000 oʻrinli oʻquv binosi hamda simuliyatsion oʻquv markazini qurish boʻyicha bergan topshiriqlari buning yaqqol misolidir.

Qadrli tibbiyot xodimlari, aziz hamkasblar!

Bemorlarni nafaqat dori-darmon, balki shirin soʻz, qaynoq mehr bilan darddan forigʻ etishga, malham boʻlishga shoshilgan sizdek jonkuyar insonlar uchun mana shunday eʼzozu ehtiromlar yarashadi.

Shunday sharafli va ayni paytda mashaqqatli mehnatlaringizda ulkan zafarlar, oʻzlaringizga ham mustahkam sogʻliq, oilalaringizdan halovat arimasligini tilayman.

Hamisha xalqimiz ardogʻida boʻling, aziz, tibbiyot xodimlari! Yana bir bor kasb bayramingiz muborak boʻlsin.

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M. Madazimov

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!