![](https://adti.uz/wp-content/uploads/2022/01/photo_2022-01-21_12-04-08.jpg)
Xalqaro integrativ antropologiya akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor I.K.Qosimxodjayevning xotirasiga bag‘ishlangan “Morfologlar”ning kafedralararo ilmiy amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda anatomiya va klinik anatomiya, normal fiziologiya, kimyo, tibbiy biologiya va gistologiya, patologik fiziologiya, farmakologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda professor I.K.Qosimxodjayevning oila a’zolari ishtirok etdi.
Konferensiyada pediatriya fakulteti dekani, professor A.Gofurov anatomiya va klinik anatomiya kafedrasida olib borilayotgan ilmiy faoliyat haqida ijobiy fikrlar bildirdi. Shuningdek, kafedra mudiri, dotsent Z.Qahharov ustozning bosib o‘tgan sermazmun hayoti va ilmiy faoliyati, uning yaratgan “Morfologlar” ilmiy maktabi haqida keng to‘xtalib o‘tdi. Ustozning eng yoshi ulug‘ shogirdlaridan dotsent K.Chartakov ustozning ilm yo‘lida qilgan mashaqqatli, halol mehnatlari haqida gapirib o‘tdi.
Konferensiyada anatomiya va klinik anatomiya, normal fiziologiya, kimyo, tibbiy biologiya va gistologiya, patologik fiziologiya, farmakologiya kafedrasining mustaqil tadqiqotchilari ilmiy ishlari ma’ruzalari bilan faol qatnashdi.