O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-sonli «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda 2764-1 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida “14.00.05 – Ichki kasalliklar” fanidan malakaviy imtihon sessiya davridan tashqari 2022-yilning 24-sentabr kuni malakaviy imtihon o‘tkazildi.
Imtihon komissiyasiga t.f.d., professor N.R.Uzbekova raislik qildi. Imtihon hay’at a’zolari sifatida professorlar Z.S.Salaxiddinov, N.S.Mamasaliyev va X.X.Tursunov, t.f.d., dotsent M.A.Jo’rayeva, t.f.n., dotsent Sh.K.Yusupovalar ishtirok etdi.
Imtihon shartlariga ko‘ra, savollar papkasi barchaning guvohligida ochildi va talabgorlar imtihon biletlarini tanlab olishdi.
Imtihonda 6 nafar falsafa doktorlik dissertatsiyalarni bajarayotgan talabgorlar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tishdi.