O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-fevraldagi PF-4958-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2016-yil 28-yanvardagi 220/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-iyunda 2764-1 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot institutida “14.00.05 – Ichki kasalliklar” fanidan 2023-yilning 2-dekabr kuni malakaviy imtihon o‘tkazildi.
Imtihon komissiyasiga t.f.d., professor N.O‘zbekova raislik qildi. Imtihon hay’at a’zolari sifatida professorlar N.Mamasaliyev va X.Tursunov, t.f.d., dotsentlar M.Jo‘rayeva va Sh.Yusupova ishtirok etdi. Jarayonlarning shaffof o‘tishi institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Asqarov tomonidan kuzatib borildi.
Imtihon shartlariga ko‘ra savollar papkasi barchaning guvohligida ochildi va talabgorlar imtihon biletlarni tanlab oldi.
Imtihonda 6 nafar falsafa doktorlik dissertatsiyalarini bajarayotgan talabgorlar sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.