Skip to content II XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

II XALQARO OLIMPIADA G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

17:34 29.04.2025

Joriy yilning 28-29-aprel kuni Andijon davlat tibbiyot institutining 70 yilligiga bag‘ishlangan Anatomiya va Gistologiya bo‘yicha II Xalqaro olimpiada, “Morfologiya bayrami” bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada Rossiya Federatsiyasi, Qozogʼiston, Qirg‘iziston Respublikasidan va mamlakatimizdagi tibbiy OTMlarining talabalaridan tarkib topgan 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Jamoalar ikki kun davomida o‘zlarining nazariy va amaliy shartlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazib, mahoratlarini namoyish etdi. Ularni xorijiy mamlakatlardan kelgan 14 nafar yetakchi morfologlar hay’at a’zolari baholab bordi.

Bugun, 29-aprel kuni mazkur olimpiadaning taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori M.Madazimov barcha qatnashchilarni olimpiadada ishtirok etgan barcha qatnashchilarni samimiy qutladi.

-Aziz yoshlar, sizning bir jamoa bo‘lib mana shu olimpiadada ishtirok etishingizni o‘zi katta yutuq. Bu siz uchun o‘z imkoniyatlaringizni sinovdan o‘tkazishga keng sinov maydoni bo‘ldi.
Muhimi ishonch, bilim va harakat, siz esa mana shu yo‘lga chiqdingiz. Shu boisdan barchangizni tabriklayman. Bugungi natijalar qanday bo‘lishidan qat’iy nazar kelajakda yanada ulkan marralarni zabt etishingizga tilakdoshman – dedi, rektor.

Shundan so‘ng, g‘olib bo‘lgan jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Unga ko‘ra,

1-o‘rinni 3 ta jamoa: Andijon davlat tibbiyot institutining xorijlik talabalari, Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti, Qirg‘iz-rus-slovyan universiteti qo‘lga kiritdi.

Shuningdek:

“Anatomik preparatlar bilan eng yaxshi ishlash” nominatsiyasida Markaziy Osiyo tibbiyot universiteti;

“Eng yaxshi tashrif qog‘ozi” nominatsiyasi bo‘yicha Andijon davlat tibbiyot instituti;

“Eng yaxshi jarrohlik tugunlar texnikasi” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent pediatriya universiteti;

“Eng yaxshi nazariy tayyorgarlik” nominatsiyasi bo‘yicha G‘arbiy Qozog‘iston davlat tibbiyot universiteti;

“Nazariya va amaliyotning eng yuqori darajadagi uyg‘unligi” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali;

“Eng yaxshi gistologik tashxis” nominatsiyasi bo‘yicha O‘sh davlat universiteti

“Oltin vaqt” nominatsiyasi bo‘yicha Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

adti.uz
Would like to send you notifications