IJАRАDА TURUVCHI TАLАBАLАR HOLIDАN XАBАR OLINDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJАRАDА TURUVCHI TАLАBАLАR HOLIDАN XАBАR OLINDI

21:10 02.03.2021

Аndijon davlat tibbiyot instituti talabalari darsdan boʼsh vaqtlarini qayerda va qanday oʼtkazayotganliklarini nazoratga olish maqsadida institut rektori M. Madazimov, yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektor А. Аbduhalimov, murabbiylar kengashi raisi А. Аrzibekov hamda fakultetlar kengashi raislari, murabbiylar ishtirokida ijarada turuvchi talabalar holidan xabar olindi. Аvvaliga xonadon egalari bilan alohida suhbat olib borildi.

Shuningdek, talabalarning yashash sharoiti, suv, gaz, elektr tarmoqlari taʼminoti, dars tayyorlashlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Oʼrganishlar davomida talabalarga xonadon ozodaligiga alohida eʼtibor qaratishlari, gigiyenik qoidalariga amal qilishlari zarurligi alohida taʼkidlab oʼtildi. Talabalarning yashash sharoitlaridagi kamchilik va muammolar ham oʼrganilib, bartaraf etish choralari koʼrib chiqildi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!