Talabalarga ijara shartnoma to`lovining 50% i (bazaviy miqdordagi eng kam ish haqini 50%gacha bo`lgan summani 135000 so`mdan oshmagan holda) byudjet hisobidan to’lab beriladi.
Ijara shartnoma to’lovi kimlarga beriladi?
- kam ta’minlangan oilalarning farzandlari bo`lganlarga;
- boquvchisini yo`qotgan ko`p bolali oilalar farzandlari bo`lganlarga;
- 1- va 2 –guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga;
- to`liq davlat ta`minotida bo`lgan yetim bolalar va ota –ona qaramog`idan mahrum bo`lganlarga;
- vasiylik yoki homiylik belgilangan va oilaga, tarbiyaga (patronat) olingan bolalarga;
- temir daftarga kiritilgan oila farzandi bo`lganlarga;
- onasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan oila farzandi bo`lganlarga;
- 1-va 2-guruh nogironligi bolgan shaxslarning farzandi bo`lganlarga;
- “Mexnat –migratsiyasi” dasturida ro`yxatdan o`tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oila farzandlariga;
- ota –onasi ijtimoiy himoyaga muxtoj bo`lganlarga;
- Oliy talim muassasasida ikki va undan ortiq farzandi shartnoma asosida o`qiyotgan oilalar farzandi bo’lganlarga;
- Davlat oliy ta’lim muassasasida o`rnak ko`rsatganligi va faol bo’lganlarga.
Talabgor talabalar ijara shartnomasi, shaxsini tasdiqlovchi xujjat – pasportdan nusxa, rektor nomiga ariza kabi xujjatlarni taqdim qilishlari kerak.
Murojaat uchun: Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo`limi bosh mutaxasisi Matmusayev Durbek (telefon raqam: +998930682747)