Yangi oʻquv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar davlat xususiy sherikchilik asosidagi yotoqxonalar va talabalarni ijaraga qoʻyuvchi xonadonlarning egalari bilan yaqindan suhbat olib bordilar.
Institut binosiga yaqin boʻlgan Yusuf Otabekov ko`chasi 3-,6-,8-uylar, Andijon tumani Qo`sh ariq dahasidagi «Al Saida» xususiy qizlar turar joyi hamda Shikor MFYda joylashgan «Chempion bolajaon» xususiy qizlar turar joyidagi talabalarga yaratilgan sharoitlar yaqindan oʻrganildi. Hozirda turar joylarda qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Oʻrganishlar davomida xonadon egalari ham taklif va mulohazalarini bildirdilar.