Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJARA XONADONLARI VA TALABALAR TURAR JOYLARIDA XAVFZILIKKA RIOYA QILISH BO’YICHA TADBIRLAR O’TKAZILDI

22:15 05.12.2022

Andijon davlat tibbiyot institutida taxsil olayotgan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar bilan suhbat olib borildi. Suhbat davomida tyutorlar talabalarga “Yong’in xavfzsizligi oyligi” doirasida xonadonlarni isitishda texnika  xavfsizligiga rioya qilish borasida tushuncha berib o’tdilar.

Kuz-qish mavsumida aholi orasida sodir boʻlayotgan tabiiy gazdan notoʻgʻri foydalanish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida o’tkazilayotgan tabirlar davomida talabalarga is gazidan extiyot bo’lish, qo’lbola isitish vositalaridan foydalanmaslik, yong’in sodir bo’lganda kerakli choralarni ko’rish va mutaxassislarga murojaat qilish bo’yicha ham ma’lumot berib o’tildi.

Shuningdek, mazkur mavzu bo’yicha Talabalar turar joyida ham navbatchi o’qituvchilar va tyutorlar tomonidan davra suhbatlari olib borildi. Unda talabalarga elektr energiyasidan unumli foydalanish, issiqlikni saqlashga alohida to’xtalib o’tildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!