IJARADA YASHOVCHI QIZLAR BILAN SUHBAT – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJARADA YASHOVCHI QIZLAR BILAN SUHBAT

09:59 14.04.2022

Ijarada yashovchi talabalardan doimo boxabar bo‘lish va ularning yashash sharoitlarini o‘rganish kun tartibidagi masalalardan biri bo‘lmoqda. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Stomatologiya fakulteti dekani o‘rinbosari X.Mahmudov va fakultet tyutorlari 102-,306-,310-guruh talabalarining ijara xonadonlarida bo‘ldilar.

Talaba-qizlar bilan suhbat davomida yashash sharoitlaridagi imkoniyatlari, dars tayyorlashlari uchun qulayliklar, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlari o‘rganildi. Xonadonda odob-ahloq qoidalari, tozalikka rioya qilishlari alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida xonadon egasi bilan ham suhbatlashilib, qizlarga sharoit yaratish va ularning nazorati bo‘yicha institut bilan hamkorlikda ish olib borishlari taklifi bildirildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!