Andijon shahridagi Shifokorlar ko’chasida ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi. Ijara uylariga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy bo’yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, Stomatologiya fakulteti dekani o’rinbosari X.Mahmudov va tyutorlar borib, xonadonlarda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Talabalarning ijara uylaridagi sharoit va qulayliklari ko’zdan kechirilib, ularga tozalik, ozodalikka, iste’mol qilayotgan mahsulotlarini yaroqlilik muddatlariga alohida alohida e’tibor berish kerakligi ta’kidlandi. Elektr energiyasi va gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko’rishlari zarurligi aytildi.