IJARADA YASHOVCHI TALABALARNING TURAR JOYLARI OʻRGANILDI – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJARADA YASHOVCHI TALABALARNING TURAR JOYLARI OʻRGANILDI

22:13 12.11.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida rahbar xodimlar va tyutorlar tomonidan olib borilayotgan oʻrganish ishlari davom etmoqda. Bu gal Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor S.Salohiddinov hamda fakultetlarning dekan oʻrinbosarlari Andijon shahridagi Qoʻshariq dahasida istiqomat qiluvchi talabalarning holidan xabar olindi.

Oʻrganish davomida xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari, isitish vositalarining yaroqliligi, xavfsizligi taʼminlanganligi koʻzdan kechirildi. Talabalar bilan suhbatda esa kuz-qish mavsumini talofatsiz oʻtkazish, yongʻin xavfsizligi va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish borasida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!