Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo’limi xodimlari tomonidan “Bunyodkor” MFYda ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishildi. Mahalla raisi Sh.Valiyeva, Yoshlar yetakchisi M.Xoliyorova bilan birgalikda xonadon egalari bilan suhbat o’tkazildi. Unda talabalarning tartib-intizomi, dars jarayonlari uchun imkoniyatlar yaratish va bu borada institut bilan hamkorlikda ish olib borish kerakli to’g’risida kelishib olindi.