IJTIMOIY HIMOYA YO‘LIDA HAMKORLIK VA MAS’ULIYAT – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJTIMOIY HIMOYA YO‘LIDA HAMKORLIK VA MAS’ULIYAT

11:17 13.11.2025

Bugun, 13-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M. Madazimov boshchiligida prorektorlar va mas’ullar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–330-sonli qarori ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Ushbu qarorga muvofiq,“Kambag‘al oilalar reyestri” dagi oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti rahbarlariga Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani, “Yangiqo‘rg‘on” MFYdan 24 ta eng og‘ir ahvoldagi kam ta’minlangan oilalar biriktirildi.

Rektor M.Madazimov biriktirilgan oilalar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga ko‘maklashish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi. Shuningdek, har bir mas’ul shaxs biriktirilgan oila uchun shaxsan javobgar ekanligi ta’kidlandi.

Mazkur tashabbus aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolarning farovonligini oshirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

Skip to content