alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

IJTIMOIY TARMOQLAR ORQALI ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING TALABALAR TURAR JOYIDA ELEKTR YO’QLIGI YUZASIDAN QILINGAN MUROJAATGA RASMIY MUNOSABAT

19:33 24.01.2023

Kecha,  23-yanvar kuni, kechki soat 18:18 da Andijon shahrining markaziy elektr tarmoqlarida yuz bergan katta nosozlik tufayli Andijon davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyini elektr energiyasi bilan taʼminlanishi izdan chiqqan. Bu haqda institut rektoriga zudlik bilan axborot berilib, shahar elektr tarmoqlari masʼullariga murojaat qilindi. Yotoqxona bilan birgalikda shu hududdagi bir nechta davlat idoralari va mahallalar elektr energiyasiz qoldi.

Shunga qaramasdan, institut masʼullari tomonidan yotoqxonadagi qozonxonalar uzluksiz ishlashi taʼminlanib, talabalarning yashash xonalarining issiqligi mo’tadil saqlab turilmoqda. Shuningdek, talabalarni taom tayyorlashi va issiq suv olishlari uchun akademik litsey yotoqxonasidan foydalanishlariga ruxsat berilgan. Markaziy elektr tarmog’idagi nosozlik tez orada tegishli tashkilot masʼullari  tomonidan bartaraf etilishiga harakat qilinmoqda.

Bu holat institut rahbariyati tomonidan qat’iy nazoratga olingan va tegishli mas’ullarga vazifalar yuklatilgan.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!