alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon davlat tibbiyot institutining xodimlaridan umumxalq xayriya hashari uchun oylik maoshidan pul olib qolinganligi xususidagi xabarlarga qayta rasmiy munosabati

14:46 13.10.2021

Davlatimiz Mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlashga munosib tayyorgarlik ko‘rish, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida  obodonlashtirish oyligini tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtimiz bo‘ylab karonavirus pandemiyasini tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muxtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 12-avgustdagi 455-F-sonli hamda viloyat xokimining 2021-yil 20-avgustdagi 47-1-0-F/21-sonli Farmoyishlari va shahar xokimining 2021-yil 7-sentyabrdagi 2021-yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustaxkamlash yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yil 21-avgust kuni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish, xashar munosabati bilan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasa xodimlarining ixtiyoriy mablag‘larini “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisob raqamlariga o‘z tashabbuslariga ko‘ra o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xati ijrosini ta’minlash masalasi institut kengashida ko‘rib chiqilib,  institut Kasaba uyushmasi qo‘mitasining 15.09.2021-yildagi 4/89 “s”- sonli qarori va institut rektorining 15.09.2021-yil 319-XSh sonli buyrug‘i qabul qilingan.

Unga ko‘ra, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan jami 743-nafar professor-o‘qituvchilarning ixtiyoriy mablag‘laridan jami 150 mln. so‘m “Mahalla” xayriya jamoat fondining hisob raqamlariga o‘tkazilgan.

Professor-o‘qituvchilarning 522 nafarining oylik ish haqidan ixtiyoriy ravishda o‘z arizalariga binoan 100-300 ming so‘mdan pul mablag‘i ushlab qolingan.

Institut kafedralari tarqoq holda bo‘lganligi, shuningdek professor-o‘qituvchilarning ko‘pchilik qismi  Shahrixon tumanida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha jalb etilganligi sababli  221 nafar professor-o‘qituvchilarning  arizalari kechikib topshirilgan.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi tomonidan holat yuzasidan berilgan ma’lumotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining,  Andijon viloyati hokimining yuqoridagi farmoyishlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish, hashar munosabati bilan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasa xodimlarining ixtiyoriy mablag‘larini “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisob raqamlariga o‘z tashabbuslariga ko‘ra o‘tkazilishi belgilab qo‘yilganligi, institut tomonidan ushbu mablag‘larini “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisob raqamlariga  o‘tkazib berilganligi ko‘rsatilmaganligi sababli fuqarolarda  institut o‘z tashabbusi bilan noqonuniy ravishda xayriya hashari o‘tkazgan, degan xulosa kelib chiqqan. Hozirda professor-o‘qituvchilardan o‘z arizalariga binoan ushlab qolingan va “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisob raqamlariga o‘tkazilgan pul mablag‘larining barchasi o‘z egalariga naqd pul ko‘rinishida qaytarildi.  Shuningdek, avval institut axborot xizmati tomonidan mazkur xabarlar “feyk” xabar deb raddiya berilgan edi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, raddiya berilgan vaqtda xodimlarning ixtiyoriy arizalari hali to‘liq shakllantirilmaganligi bois “xabarlar asossiz” deb munosabat bildirilgan edi. Ayrim tushunmovchiliklar uchun institut axborot xizmati uzr so‘raydi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!