Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 12-avgustdagi 455-F-sonli hamda viloyat hokimining 2021-yil 20-avgustdagi 47-1-0-F/21-sonli farmoyishlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2021-yil 21-avgust kuni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari munosabati bilan institutda mehnat qilayotgan barcha xodimlardan ixtiyoriy asosida bir kunlik ish haqi Oʻzbekiston “Mahalla” hayriya jamoat fondining bankdagi hisob raqamlariga oʻtkazilishi belgilangan edi. 2021-yil 21-avgust kuni Andijon davlat tibbiyot institutida umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi, lekin institut xodimlarining birortasining ish haqidan olib qolingan emas. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu xabar asossiz boʻlib, feyk xabar hisoblanadi. Institutda biror xodim majburiy mehnatga jalb etilmaydi va ularning roziligisiz biror tadbir uchun oylik maoshlaridan ushlab qolinmaydi.