Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tibbiyot xodimlarining kiyinish madaniyati bilan bogʻliq xabarlarga munosabat

20:35 31.03.2022

88-сон буйрук Одоб ахлок кодекси

Ijtimoiy tarmoqlarda Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻiga asosan tibbiyot xodimlariga “hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurish” boʻyicha taqiq olib tashlangani haqida turli xabarlar tarqalmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Fan va taʼlim boshqarmasi boshligʻi Oʻktam Ismailovning maʼlum qilishicha, inson salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash tibbiyot tizimining eng muhim vazifasi boʻlib, ushbu soha egalari oʻz yurish-turishi, kiyinishi va muloqot madaniyati bilan barchaga oʻrnak boʻlishi, kasbdoshlariga, qolaversa, bemorlarga hurmat va mehr-muruvvat koʻrsatishlari lozim.

Shu boisdan 2022 yil 24 martda Sogʻliqni saqlash vazirining  Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksini tasdiqlash haqida buyrugʻi qabul qilindi.

Tibbiyot xodimlari oʻz kasbiy majburiyatlariga rioya etishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan mazkur hujjatdagi vazifalar vazirlik tizimidagi barcha korxona-tashkilotlar, oliy va oʻrta-maxsus taʼlim muassasalarida ijro etilishi qatʼiy belgilangan.

Xususan, buyruqning 2-ilovasi “Muassasa xodimlari va talabalarning muomalasi, kiyinish madaniyati qoidalari” nomli 3-bobida tibbiyot muassasasida faoliyat koʻrsatayotgan va taʼlim olayotgan ayol xodim va tabalalarga alohida va aniq talablar qoʻyilgan.

Jumladan, mazkur bobning  3.1.2 bandida usti kiyimning turlari xalat yoki tibbiy maxsus kiyim oq rangli (boʻlimlar orasidagi boshqa rangli maxsus kiyim ichki tartibda tasdiqlanishi lozim) tabiiy matodan, oson va tez tozalanadigan, qulay kiyiladigan, tor boʻlmagan, bichimi ortiqcha, bezaklardan xoli, diqqatni tortmaydigan, klassik shakldagi kostyum yoki xalatdan iborat boʻlishi kerakligi keltirib oʻtilgan.

Shuningdek, ushbu bobning 3.1.6 bandida ayol tibbiyot xodimlari va talabalar oq xalat va unga mos toza va maxsus bosh kiyim kiyishi, xalat tizzadan pastda turishi, yengi uzun (faslga qarab), klassik uslubda chet el va turli xil firma yorliqlaridan xoli boʻlishi aniq va batafsil bayon etilgan.

Tibbiyot xodimlarining odob-axloq Kodeksida keltirilgan ushbu mezonlardan koʻrish mumkinki, tibbiyot muassasalarida shifokor va hamshiralarning ish faoliyati davomida belgilangan meʼyorlar asosida kiyinishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.

Shunday ekan, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlardan ushbu buyruq mazmun-mohiyatini notoʻgʻri talqin qilmasliklarini soʻraymiz.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati.

Skip to content Click to listen highlighted text!