Respublikamiz boʻylab davom etayotgan “Yoshlar forumi” oʻgʻil-qizlarning iqtidorini namoyon etishda katta imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Mazkur forumda minglab yoshlarimiz turli sohalarda innovatsion gʻoyalarini, bilimlarini namoyon etmoqdalar.
Xivada oʻtkazilgan “Lider yoshlar forumi”da ham qiziqarli loyihalar boʻlib oʻtdi. “Aktivist” loyihasi dasturida Liderlik qobiliyatlari va self-menejment, oratorlik va auditoriya bilan ishlash, sunʼiy intellekt, boshqaruv sanʼati va team building, lider psixologiyasi mavzularida seminar –treninglar oʻtkazildi. “ILeader” intellektual bellashuvida yoshlar yakkaxon va jamoaviy ishtirok etib, bilimlar sinovida bellashdilar.
Quvonarlisi, mazkur bellashuvda ishtirok etgan 16 ta oliy taʼlim muassasalari jamoalari oʻrtasida Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
“Travel and me” sayohati yoshlarni Ichanqalʼaga taklif etgan boʻlsa, “Leader youth party” konsert dasturi esa ularning koʻngillariga shodlik ulashdi.
Mazkur gʻalaba “Yoshlar forumi” doirasida oʻtkazilayotgan loyihalarda ishtirok etayotgan institutmiz talabalari tomonidan erishilgan ilk yutuq. “Talabalar teatr studiyalari”, “Maʼrifat maydoni” kabi loyihalarda ham faollarimizga omad tilaymiz!