O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 16-martdagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Ilmiy kengashlar zalida “Ilmdan o’zga najot yo‘q” shiori ostida O‘zbekiston qahramoni tibbiyot fanlari doktori, professor, AQSh oftalmologlari akademiyasining xalqaro a’zosi, Rossiya tibbiyot texnika fanlari akademiyasining xaqiqiy a’zosi Rahmon Muhamadiyev bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektor G‘. Xojimatov professor bilan talabalarni tanishtirdi. Muhamadiyev Raxman Omanovich yaratgan ksenotransplantat 12 dan ortiq ko‘z kasalliklarini davolashda juda yaxshi samara berganligi uchun 2004 -yilda Germaniyaning Gonnover shahridagi butun jahon tibbiyot vositalari ko‘rgazmasida namoyish etgan. 2005 -yilda AQSh da chop eilgan “Bu dunyoda kim o‘zi kim” butun jahon ensiklopediyasiga kiritilgan. 2006-yilda Angliyaning Kembridj ilmiy markazi tanlovida dunyoda eng yaxshi vrach nominatsiyasi g‘olibi bo‘lib, oltin medal bilan mukofotlangan. 1999-va 2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oiy Majlisi deputatligiga saylangan. 2016- yilda professor unvonini olgan. 300 ga yaqin ilmiy maqolalar chop qilgan. 23 ta ixtirolar (shulardan 20 tasi Rossiyada qayd etilgan), 9 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya va 2 ta Oftalmologiyadan o‘quv darsliklarning muallifi. 2020-yilda Oliy talim muassasalari talabalari uchun oxirgi 100 yilda birinchi bor rus tilida darslik va oxirgi 24 yil ichida o‘zbek lotin alifbosida Oftalmologiyadan darslik chop qilgan.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor M. Botirov hamda Oftalmologiya kafedrasining magistranti Sh. Nizamova ham so‘z olib, olimning qilgan izlanishlari va darsliklari talabalarimizning puxta bilim olishlari uchun dasturiamal bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdilar.
Shusndan so‘ng O‘zbekiston qahramoni tibbiyot fanlari doktori, professor, AQSh oftalmologlari akademiyasining xalqaro a’zosi, Rossiya tibbiyot texnika fanlari akademiyasining txaqiqiy a’zosi Rahmon Muhamadiyev so‘zga chiqib talablarga o‘zining tadqiqot va ilmiy ishlari borasida ma’lumotlar berib o‘tdi. Tanlagan sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishda faqat izlanish va harakatdan to‘xtab qolmaslik borasida talabalarga tavsiyalar berdi. Eng faol talabalarga olim tomonidan kitoblar taqdim etildi.