alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ILMIY DARAJAGA EGA XODIMLARGA QO‘SHIMCHA HAQ TO‘LASH BO’YICHA ISHCHI GURUH FAOLIYATIGA START BERILDI

22:26 21.12.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti asosiy shtatida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash bo’yicha Ishchi guruh ishini boshladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-sonli “Ilm-fan va ta’lim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi qarori va mazkur qarorga Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-son  qarorini 3-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar”ni inobatga olib Nizomning “Oliy ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tashkilotlarida qo‘shimcha haq belgilash talablar, miqdori va muddatlari” deb nomlangan 2-bobida belgilangan bandlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuzilgan institut Ishchi guruhi Institut asosiy shtatida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qo‘shimcha haq to‘lash bo’yicha xujjatlarni ko’rib chiqdi.  Jarayon yakunida lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha haq to‘lanishiga munosib ilmiy darajali xodimlarni va lavozim maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq to‘lanishiga munosib ilmiy darajali xodimlar aniqlandi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!